1-iyunda barcha kinoteatrlarda bolalar uchun bepul filmlar namoyish etiladi

Saqlash
14:05 / 29.05.2024 730 0

“1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan bepul filmlar namoyishi etiladi.

 

“Yangi Oʻzbekistonning baxtli bolalari” shiori ostidagi tadbir Kinematografiya agentligi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi va Yoshlar agentligi bilan hamkorligida oʻtkaziladi.

 

Tadbir doirasida Oʻzbekiston va Rossiya kinoijodkorlari birgalikda bolalar uchun suratga olgan “Parining sovgʻasi” va “Quyosh taʼmi” filmlari ham qoʻyiladi.

 

“Filmlar, shuningdek, poytaxtdagi Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida ham ikki tilda (oʻzbek va rus) taqdim etiladi. Shu bilan birga, yosh tomoshabinlar uchun qiziqarli savol-javob oʻyinlari, multfilm qahramonlari ishtirokida shou-dasturlar ham tashkil etilib, gʻoliblarga maxsus sovgʻalar topshiriladi”, deyiladi xabarda.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//