Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi

Saqlash
10:05 / 30.05.2024 533 0

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekistonda Rossiya delegatsiyasiga koʻrsatilgan qabul uchun Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorchilik bildirgan.

 

“Hurmatli Shavkat Miromonovich, Oʻzbekistonga davlat tashrifim chogʻida menga va Rossiya delegatsiyasiga koʻrsatilgan ajoyib qabul va unutilmas mehmondoʻstlik uchun Sizga samimiy minnatdorchilik bildiraman”, deb yozilgan telegrammada.

 

Shuningdek, Putin muzokaralar Rossiya-Oʻzbekiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirgan. Rossiya Federatsiyasi rahbarining fikricha, erishilgan kelishuvlar turli sohalarda oʻzaro manfaatli qoʻshma loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar ochadi.

 

“Va, albatta, tashrif chogʻida biz shaxsan oʻzaro muloqot qilish imkoniga ega boʻlganimiz uchun sizga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Sizga mustahkam sogʻliq va davlat ishlarida muvaffaqiyat tilayman”, degan Putin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//