Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovi kengaytiriladi

Saqlash
11:05 / 30.05.2024 1399 0

Prezident Qaroriga koʻra, tadbirkorlik subyektlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarni jalb etgan holda belgilangan statsionar bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari negizida quyidagi mexanizmlar orqali oʻzaro manfaatli hamkorlik loyihalari amalga oshiriladi:

 

🔹oromgohlar hududining bir qismida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni taʼmirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarining bir qismini 15 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;

 

🔹oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni taʼmirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda foydalanish uchun 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;

 

🔹oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni taʼmirlash va jihozlash, shuningdek, yozgi mavsum paytida oromgohlar tashkil etish sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarini 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish.

 

Bunda mazkur nazarda tutilgan hamkorlik loyihalari Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ishlab chiqiladigan shartlar asosida hamkorlarga “E-ausion” elektron savdo platformasi orqali taklif etiladi.

 

Bundan tashqari, belgilangan oromgohlarning bino-inshootlari va yer uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda hamkorlarga ijaraga berish orqali ularni oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkaziladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//