Bu yil IELTS 4 olganlar ham ayrim taʼlim sohalari boʻyicha magistraturaga qabul qilinadi

Saqlash
15:05 / 30.05.2024 1475 0

Bu yildan boshlab IELTS dan atigi 4 ball olgan talabalar ham ayrim yoʻnalishlar boʻyicha magistraturaga qabul qilinadi.

 

Maʼlumot uchun, magistratura va doktorantura qabuli uchun quyidagi darajalarda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar talab etiladi:

 

◻️ IELTS 7/8 (C1) sertifikati borlar – xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha magistratura va doktorantura qabul qilinadi;

◻️ IELTS 5,5/6,5 (B2) sertifikati borlar – gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat koʻrsatish, ijtimoiy va taʼlim sohalari boʻyicha magistratura va doktorantura qabul qilinadi;

◻️ IELTS 4/5 (B1) sertifikati borlar – qolgan barcha taʼlim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) boʻyicha magistratura va doktorantura qabul qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//