Meksika tarixida ilk bor mamlakatga ayol nomzod rahbarlik qilishi mumkin

Saqlash
12:06 / 03.06.2024 684 0

Meksikadagi prezidentlik saylovlarida Morena Klaudiya Sheynbaumga berilgan ovozlar 59,04 % bilan yetakchilik qilmoqda.

 

Yakshanba kuni deyarli 100 million meksikalik umumsaylovda ishtirok etgan. Agar Sheynbaum gʻalaba qozonsa, u Meksika tarixida ilk ayol rahbarga aylanadi.

 

Saylovning rasmiy natijalari 5-8-iyunga qadar davom etadigan ovoz hisoblash jarayonidan keyin maʼlum boʻladi. Tanlangan prezidentning 6 yillik muddat uchun inauguratsiyasi saylovdan 4 oy oʻtib, 2024-yilning 1-oktyabridan boshlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//