Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga boradi

Saqlash
11:09 / 13.09.2021 1162 0

Davlat rahbarining joriy haftadagi rejasi ma’lum qilindi:

16-17-sentyabr kunlari Dushanbeda SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. Tashkilot o‘zining 20 yilligini nishonlaydi.

Sammitning birinchi kuni, 16 sentyabrda Davlatimiz rahbari tashkilotga raislik qilayotgan Tojikiston Prezidenti, Rossiya Prezidenti va Pokiston Bosh vaziri bilan, 17-sentyabr kuni Eron Prezidenti bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

17-sentyabr kuni esa davlat rahbarlarining yig‘ilishi o‘tkaziladi. Yig‘ilish yakunida SHHTga raislik Tojikistondan O‘zbekistonga o‘tadi.

Yangi formatdagi “Shanxay hamkorlik tashkiloti — Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda tomonlar Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladilar.

Hafta davomida Prezident huzurida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid taqdimotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov brifingda ma’lum qildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//