Marhum olim Andrey Kubatin Xalqaro turkiy akademiyaning oltin medali bilan taqdirlandi

Saqlash
09:09 / 14.09.2021 1351 0

Ushbu nufuzli medal 13 sentyabr kuni Fanlar akademiyasining Milliy arxeologiya markazida olimning rafiqasiga topshirilgan. Bu haqda Bugun.uz sayti xabar qilmoqda. 

«Bugun mening marhum turmush o‘rtog‘im Andrey Kubatinga Qozog‘istonning Nursulton shahrida joylashgan Xalqaro Turk Akademiyasi boshlig‘i akademik Darhan Xidirali janoblari akademiyaning Oltin medalini topshirdi. Ular marhum turmush o‘rtog‘imning akademiyadagi faoliyatini alohida ta’kidlab, uning turkiy xalqlar tarixini o‘rganishdagi xizmatlarini e’tirof etdi.

Men shaxsan bu insonga va u yetakchilik qilayotgan akademiyaga butun oilam nomidan o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman. Bu e’tirof uchun katta rahmat deb qolaman. Bu yuksak mukofot katta mas’uliyat — turmush o‘rtog‘imning tadqiqotlarlarni to‘plab, alohida kitob holida nashr qilish, o‘zim ham u boshlagan ishlarni davom ettirish va farzandimizni otasidek yetuk olim qilib yetishtirishni yuklaydi», — deydi Feruza Jumaniyozova.

Kubatin 2019 yil dekabrdan buyon O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazida faoliyat yuritib kelgan. Turkolog olim 2020-yil 29-oktyabr kuni koronavirusdan xastalanib, shifoxonada vafot etgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//