“Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Saqlash
09:09 / 16.09.2021 1256 0

Kecha O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Milliy teleradiokompaniya, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi, Badiiy akademiya, Respublika “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi tomonidan Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirni O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov ochib berdi.

Mamlakatimizning barcha hududlaridan qatnashgan turli yoshdagi ijodkorlarning ijodiy ishlari maxsus tashkil etilgan «tanlov 2021.uz» saytiga joylashtirilib, onlayn ovoz berish tizimi orqali keng jamoatchilik ishtirokida baholab borilgani alohida qayd etildi.

Bu yilgi tanlovda olti yo‘nalish bo‘yicha nominatsiya g‘oliblari taqdirlandi.

 Bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari uchun:

1-o‘rin – Elmirzayeva Nurxon (“XXI ASR” gazetasi bo‘lim mudiri)

2-o‘rin – Qutlimuratov Minajiddin (“Qaraqalpaqstan xao‘azi” gazetasi bosh muharriri)

3-o‘rin – Jo‘rayev Orifjon (“Namangan sadosi” gazetasi muharriri)

OAV sifatida ro‘yxatga olingan veb-saytlardagi internet jurnalistika materiallari uchun:

1-o‘rin – Elmuradov Matnazar (O‘zbekiston Milliy axborot agentligi  bosh muharriri)

2-o‘rin – Ermatov Elmurod (“Kun.uz” saytining Andijon viloyati bo‘yicha muxbiri)

3- o‘rin – Begniyazova Qumar (KKar.uz sayti muharriri)

Televideniye va radio ijodkorlarining materiallari uchun:

1-o‘rin – Xatamov Mirjamol (“O’zbekiston” telekanali katta muharriri)

2-o‘rin – Qodirova Umida (“Mening yurtim” telekanali jurnalisti)

3-o‘rin – Akramova Sohiba (“Sevimli” telekanali muxbiri)

Yozuvchilar va shoirlarning badiiy asarlari uchun:

1-o‘rin – Yo‘ldosheva Zulfiya (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi)

2-o‘rin – Zoirov Nig‘matilla (Qibray tumanidagi 28-musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi)

3-o‘rin – Shukurov Asadullo (Tarjimon)

Kino san’ati asarlari uchun:

1-o‘rin – Maxmudov Shuhrat (Kinorejissyor)

2-o‘rin – Muhammadibragimov Ilhom (Kinorejisser)

3-o‘rin – Iskandarov Muhammadali (Kinorejisser)

Tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari uchun:

1-o‘rin – Mirfayozov Shuxrat (Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi dizayneri)

2-o‘rin – Abdullayev Muzaffar (“Yangi O‘zbekiston” va “PravdaVostoka” gazetalari fotomuxbiri)

3- o‘rin – Jalolova Gulnoza (Musavvir)

“tanlov2021.uz” saytida onlayn ovoz berish natijasiga ko‘ra eng ko‘p ovoz to‘plagan tanlov ishtirokchilari 3-o‘rin g‘oliblari deb topildi.

Qo‘shimcha rag‘batlantirish bo‘yicha

Eng yosh tanlov ishtirokchisi — Sunnatillayeva Maftuna,

5 tashabbus loyihasini faol yoritgan jurnalist – Qurbonova Muxayyobonu g‘olib deb topildi.

 

Foto: aoka.uz

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//