ShHTga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashi o‘z ishini yakunladi

Saqlash
15:09 / 16.09.2021 966 0

Xabaringiz bor, 16-17-sentyabr kunlari Dushanbe shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi.

Kecha Tojikiston poytaxtida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashi o‘z ishini yakunladi. Bu haqda "Dunyo" Axborot agentligi xabar bermoqda.

11-15-sentyabr kunlari davomida Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston milliy koordinatorlari Dushanbeda ShHT yubiley sammiti yakunlari bo‘yicha qabul qilingan kun tartibi va hujjatlar loyihasi bo‘yicha kelishib oldi.

Kutilayotganidek, uchrashuv yakunlari bo‘yicha SHHTga a’zo Davlat rahbarlari kengashi tashkilot raisligining O‘zbekistonga o‘tishi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//