O‘zbekiston kikboksingchilari beshta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Saqlash
09:09 / 20.09.2021 1246 0

Butunjahon Kikboksing assotsiatsiyasi tomonidan Budapesht shahrida tashkil etilgan 26-Jahon kubogi bahslari davom etmoqda. Ushbu musobaqada yurtimiz kikboksingchilari hozircha 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi.

Bular,

Samandar Rustamqulov (Navoiy viloyati) 48 kg vazn toifdasida;

Normuhammad Rahmonberdiyev (Namangan viloyati) 60 kg vazn toifasida;

Nazarbek Mahmudov (Navoiy viloyati) 51 kg vazn toifasida;

Saidmurod Hasanov (Andijon viloyati) 63 kg vazn toifasida;

Husan Baratov (Toshkent shahri vakili) 91 kg vazn toifasida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//