Oppoq qog‘oz va qora dog‘


Saqlash
20:12 / 07.12.2021 5 210305

Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.

Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaning yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog‘ozning o‘rtasida joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edilar.

Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib professor talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman, xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa yozmapti. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida qog‘ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha darajada ko‘p. Tiriklik Xudo tarafidan bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri, o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, dedi.

Mirnosir Hasanov tarjimasi

5 Izohlar

dovudxon

06:01 / 01.01.1970

Haqiqatdan ham dunyoda yaxshi odamlar ko'p lekin usha oq qog'oz o'rtasidagi qora dog' singari afsuski yomon odamlar ham o'rtamizda uchrab turadi.Usha oq oqog'oz o'rtasidagi qora dog' judayam kichkina va ko'rinmas bo'lganidek biz ham usha yomon odamlarni yaxshi tomonga yo'naltira olamiz deb o'ylayman

Sabina

06:01 / 01.01.1970

Sizga savol hayotiz davomida bitta bolsa ham yaxshilik qilganizni eslay olasizmi

Oydinoy

06:01 / 01.01.1970

Togri hayotda shunday insonlar borki ularni doim yomon hislatlari bilan eslashadi bazilarini esa faqat yaxshilik bilan eslashadi ular togilishi bilan hayoti oq qogoz singari edi

Ruxshona

06:01 / 01.01.1970

Mani ham 😍 fikrim shunda faqatgina qora nuqta emas hayotda oq tomon ham bor shuni unitmasak buldi man 9-sinf da uqiyman va ertaga imtihonim.

Muqimjon Murodov

06:01 / 01.01.1970

Odamni faqatgina yomon tarafini emas balki yaxshi tarafini ham kura bilish lozim.

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 292
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 376
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?

Bilasizmi?

18:06 / 25.06.2024 0 473
Mashrabning “o‘rtar”i



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210306
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99540
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24739
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24243
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18157
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17178
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16293
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14522
Ommaviy madaniyat

//