Oppoq qog‘oz va qora dog‘


Saqlash
20:12 / 07.12.2021 5 210307

Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.

Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaning yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog‘ozning o‘rtasida joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edilar.

Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib professor talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman, xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa yozmapti. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida qog‘ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha darajada ko‘p. Tiriklik Xudo tarafidan bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri, o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, dedi.

Mirnosir Hasanov tarjimasi

5 Izohlar

Ozoda

06:01 / 01.01.1970

Inson dunyoga kelar ekan u oppoq qogʻozdek begunoh boʻladi.Agar u hayotini shu zaylda davom ettirsa uning hayoti oq qqogʻoz singari oppoq boʻladi...Lekin u oʻz nafsiga qul boʻlib koʻyi havaslarga berilib bu oʻtkinchi dunyoda hayotini barbod qilib qoʻyadi

Abror Abdumurodov

06:01 / 01.01.1970

Menga judayam yoqdi bu matn.Kimda bu matnning rejasi bor.Iltimos izohni kutaman oldindan kattakon rahmat

Zulfiya

06:01 / 01.01.1970

Trio hamma tashqi tomonda chiroyli oppoq koʻrinishi mumkin amma uni ichki dunyosini bilib boʻlmaydi,shunday odamlar borki tashqi tomonda odamlarni oʻziga yomon ichi qordek tuyuladi ammo u...

Ruxshona

06:01 / 01.01.1970

inson hayoti ham oq qoģozga uxshaydi. Biz hayotimiz davomida qilgan xatolarimiz oq qoģozdagi qora doģ singari bizga ham tamģa bulib qolib ketadi. Ammo hayotimz davomida qoģozning oq qismi kabi yaxshi ishlarimz kup. Biroq insonlar shu xatolarimz tufayli bizni yaxshi amallarimzni unutishadi va faqat ular yodida bizni xato ishlarimz qoladi. Huddiki oq qoģozni buzib turgan qora nuqtadek

Mahliyo

06:01 / 01.01.1970

Dunyoda har xil inson bor kimdir yaxshi kimdir esa aksi hammani oʻziga bogʻliq qanday yoʻl tutishi bu hayotda.Hayotga bir marta kelamiz azizlar oʻzimizdan bir oʻchmas xotiralar qoldirib ketaylik.Bu dunyo yaxshiliklarga toʻla qanday yashash hammani oʻziga bogʻliq shunday ekan hayotni bir lahzasini ham qadrlaylik azizlar.

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 293
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 377
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?

Bilasizmi?

18:06 / 25.06.2024 0 473
Mashrabning “o‘rtar”i



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210308
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99540
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24739
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24243
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18157
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17178
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16293
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14522
Ommaviy madaniyat

//