Tarix instituti ilmiy izlanuvchilar uchun qabul e'lon qildi

12:09 / 05.09.2023 1907
Saqlash

2024-yil qabuli uchun tayanch doktoranturaga (PhD) – 10 ta, doktoranturaga (DSc) – 1 ta, stajyor-tadqiqotchilikka – 4 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:

Tayanch doktoranturaga:

- ariza;

- ma’lumotnoma;

- pasport nusxasi;

- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi;

- til bo‘yicha tegishli sertifikat (B2 va undan yuqori);

- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi;

- Ilmiy izlanish mavzusi va asosnomasi.

 

Doktoranturaga:

- ariza;

- ma’lumotnoma;

- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

- oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

- til bo‘yicha tegishli sertifikat (B2 va undan yuqori);

- tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining to‘liq loyihasi;

- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

 

Stajyor-tadqiqotchilikka:

- ariza;

- ma’lumotnoma;

- pasport nusxasi;

- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi;

- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi;

- Ilmiy izlanish mavzusi va asosnomasi.

 

Hujjatlar 2023-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

 

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz tor ko‘chasi, 5-uy.

Murojaat uchun telefon: (93) 471-99-91, (71) 233-73-19.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//