Hurfikrlik


Saqlash
11:03 / 14.03.2024 0 643

Hurfikrlik – maʼnaviy kamolot belgisi, muayyan aqidalarga eʼtiqod, erkin fikr yuritib, biron-bir gʻoyani mutlaqlashtirishga qarshi boʻlgan, maʼnaviy tazyiqlarni inkor qiluvchi va haqiqatga erishish yoʻlida aqlga asoslanuvchi ijtimoiy tafakkur yoʻnalishini ifoda etuvchi tushuncha. Hurfikrlik tarixan turli shakldagi aqidaparastlikni tanqid qilishda namoyon boʻlgan. Masalan, antik dunyoda koinot va osmon jismlarining oʻzgarmasligi, Quyosh, Yer, Oy, yulduzlarning harakatlanmasligi toʻgʻrisidagi aqidalar mustahkam oʻrin egallagan edi. Keyinroq ularga qarshi Ptolomeyning Quyosh va Oyning Yer atrofida aylanishi toʻgʻrisidagi gʻoyasi paydo boʻldi. Bu hol turli ixtiro va kashfiyotlarga turtki boʻlib, astronomik kuzatishlar olib borishga imkoniyat yaratgan edi. Ulugʻbek astronomiyasi ham ana shu gʻoya asosiga qurilgan boʻlib, koʻplab kashfiyotlarga sabab boʻlgan. Keyinroq Yer koinot markazi ekani toʻgʻrisidagi gʻoya aqidaga aylandi, cherkov tomonidan haqiqat deb qabul qilindi va mutlaqlashtirildi. Bu esa keyinchalik hurfikrlikning asta-sekin kuchayishiga, koʻplab kashfiyotlar, yangi-yangi sayyoralar, koinot sirlarining kashf etilishiga olib keldi.

 

Oʻrta asrlarda oshkora ruhdagi ateizm yoki ateistik koʻrinishdagi aqidalar kamroq kuzatilgan boʻlsa-da, ayrim hurfikrlik harakatlari mavjud boʻlgan. Buni pop va monaxlar, cherkov avtoritarizmi, diniy dogmalar va asketizm tanqidida koʻrish mumkin. Jamiyat rivojlangan sari ateizm aniq mafkuraviy yoʻnalish negiziga ega boʻlib borgan. U ayrim kishilarning vijdon erkinligi, eʼtiqodi doirasidan chiqib, koʻproq muayyan mafkuraviy maqsadlarni nazarda tuta boshlagan. Materialistik falsafa va ilmiy ateizm zoʻr berib targʻib etgan tarixni materialistik tushunish gʻoyasi orqali diniy eʼtiqod, dinning inson va jamiyat hayotidagi oʻrni, diniy qadriyatlar ham mutlaqo inkor etilgan. Dinga qandaydir “afyun” sifatida qaralgan. Unga qarshi ateistik kurash, targʻibot va tashviqot olib borilgan. Oxir-oqibatda dinga, sogʻlom eʼtiqodga qarshi qaratilgan ana shunday maqsadlar asosida ateistik mafkura kommunistik mafkura bilan topishadi, bir-birini toʻldiradi. Insoniyat ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti davomida ishonch, sabr-toqat, qanoat, nafsni tiyish kabi fazilatlar orqali irodasini mustahkamlab borgan. Bunday iroda koʻrinishlari musulmon sivilizatsiyasida ham, xristian sivilizatsiyasida ham, boshqa diniy madaniyatlar tarixida ham mavjud boʻlib, fanda bu hodisa asketizm sifatida eʼtirof etiladi. Asketizm borib-borib ayrim shaxslarni ilohiy qobiliyatga ega boʻlgan karomat sohiblari sifatida ilohiylashtirish, islomda esa mol-dunyoga, moddiy neʼmatlarga ikkinchi darajali deb qarash holatlariga olib keldi.

 

Asketizm – biror narsa bilan mashgʻul boʻlish evaziga zohidlik yoʻlini tutish, yaʼni moddiy boyliklardan imkon qadar kamroq foydalanib, qanoat qilib yashash demakdir. Asketizm insonni sabr-toqatli boʻlishga chorlasa-da, shaxsning erkin ijodiy faoliyatiga monelik qiladi. Naqshbandiya taʼlimoti vakillari bunga yoʻl qoʻymaslik, shaxsning bunyodkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun “Dil ba yoru, dast ba kor” (Koʻngling – Allohda, qoʻling – ishda boʻlsin) degan gʻoyani targʻib etgan. Bu esa insonni tarkidunyochilikdan tiyib, har ikki olam saodatiga erishishni oʻylab, toʻlaqonli faoliyat yuritishni nazarda tutadi. Demak, ajdodlarimiz jamiyat manfaatlarini ifoda etadigan hukmron gʻoya va qarashlardan kelib chiqqan holda, barcha davrlarda ham xalqqa toʻgʻri yoʻl koʻrsatishga intilib kelganlar. Hurfikrlik nafaqat ilmiy va diniy, balki ijtimoiy hayotning hamma jabhalarida xilma-xil tarzda namoyon boʻladi. Uning aqidaparastlikdan eng asosiy farqi – yangilik va taraqqiyotga intilishdir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 391
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 1 454
Omad yosh tanlamaydi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 206615
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96893
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 23065
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 22527
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 17062
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 16214
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14706
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 12956
Ommaviy madaniyat