“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?


Saqlash
19:05 / 13.05.2024 0 1107

O‘rta Osiyodagi eng yirik daryo – Amudaryo qadimgi yunon tarixchisi Herodot (miloddan avvalgi V asr) asarlarida Araks deb, keyinroq (miloddan avvalgi I asr – milodning I asrida) o‘tgan yunon tarixchilari asarlarida Oks (yoki Oksos) deb atalgan. Olimlar ana shu Oks (ba’zan Akes) Amudaryoning qadimiy turkiy nomi – O‘kuz, ya’ni “daryo” so‘zining o‘zginasi deb hisoblaydi.

 

Avesto va boshqa tarixiy manbalarda Amudaryoning Arang, Raxa, Ranxa, Aranxa degan qadimiy nomlari ham uchraydi. Arablar uni Jayxun “jo‘shqin (daryo)” deb atashgan. Jayxun Tavrotda tilga olingan Jixon daryosiga nisbat berib atalgan, degan fikr ham bor.

 

Rus olimi V. V. Bartold arablar Jayxun bilan Sayxun (Sirdaryo) nomlarini Shimoliy Suriyadagi Jayxon va Sayxon daryolari nomlari bilan atashgan bo‘lsa kerak, deydi. O‘rta asr tarixchisi Gardiziy: “Jayxun har qanday katta daryoni bildiradigan turdosh ot” degan edi...

 

Amudaryoning qadimiy eroniy nomi Vaxsh (Vaxshob) bo‘lgan.

 

Daryoning yirik irmoqlaridan biri hozir ham Vaxsh deb ataladi.

 

Abu Rayhon Beruniy Vaxsh xorazmliklarda suv parisi – malak nomi, deb yozgan. Professor H. Hasanov ma’lumotlariga qaraganda, Pokistonda Amudaryoni hozir ham Vakshu-nada deb atashar ekan.

 

Amudaryoning hozirgi nomi O‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan Omul (Omuy, Omuyya) shahri (hozirgi Chorjo‘y) nomidan olingan deyishadi. Shahar daryodan nom olgan bo‘lishi ham mumkin. Akademik V. V. Bartold “Bu so‘z ariylardan ham oldingi amard xalqi nomidan kelib chiqqan bo‘lsa kerak” degan farazni oldinga suradi.

 

Mahmud Koshg‘ariyda har qanday sokin, barqaror, turg‘un narsaning amul deyilishini aytib o‘tish mumkin.

 

Tarixiy manbalarda Amudaryoning Termiz daryosi, Kalif daryosi, Arang, Raxa, Aranga, Urganch daryosi, Xorazm daryosi kabi nomlari uchraydi.

 

“Toponimika” qo‘llanmasi asosida tayyorlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 353
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 397
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210668
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99734
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24803
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24341
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18242
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17238
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16402
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14615
Ommaviy madaniyat

//