Qachon havo harorati pasayishi ma’lum qilindi

Saqlash
22:07 / 17.07.2023 47561 2

Oʻtgan dam olish kunlari harorat tartibi boʻyicha yoz faslining oʻrtasi uchun nisbatan qulay boʻldi. Kunduzgi havo harorati +34...+37 daraja atrofida, hatto eng janubiy hududlar boʻyicha ham +40 darajadan koʻtarilmadi.

“Oʻzgidromet” xabariga koʻra, joriy hafta davomida Oʻzbekiston hududi boʻyicha haroratning nisbatan oʻzgarib turishi kutilmaydi. Hafta boshi biroz issiq – kunduz kunlari +35...+40 daraja atrofida, janubda baʼzi joylarda +42...+44 daraja boʻladi. Hafta oʻrtasidan harorat foni +33...+38 darajagacha biroz pasayishi kutilmoqda. Respublika janubida ham harorat +2...+3 darajaga pasayadi.

Ushbu hafta davomida hududning katta qismi boʻyicha asosan quruq va kam bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida 17-iyulda va 18-iyulga oʻtar kechasi, shuningdek 19–21-iyul kunlari Oʻzbekistonning togʻli hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

17–18-iyul kunlari shimolda va choʻl hududlarda, 19–20-iyul kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Poytaxtda havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 19–20-iyulda 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon kuzatilishi mumkin. Harorat kunduz kunlari asosan +37...+40 daraja, soʻngra ish haftasi oxirigacha +36...+38 daraja boʻladi.

 

Oyina.uz'ni Telegramda oʻqing!

2 Izohlar

Nargisa Qo‘chqarova

04:07 / 19.07.2023

Ob-havo ma‘lumoti biz uchun juda muhim.

Ruhshona

20:07 / 18.07.2023

Hamma malunotlarni yetkazganingizga rahmat

Izoh qoldirish