Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi


Saqlash
11:08 / 28.08.2021 17666 5

 

Muzeylar tabiiyki, madaniy merosning ajralmas qismidir. Sayohatchilar qay o‘lkaga borar ekan, eng avvalo ularning muzeylarini tomosha qiladilar va shu orqali mamlakat tarixi, madaniyati, san’ati va adabiyoti bilan yaqindan tanishishadi. Quyida dunyo tan olgan eng ko‘hna besh muzey haqda ma’lumot beramiz.

Uffitsi muzeyi. Italiya (1575)

Ushbu muzey Yevropa san’atini o‘zida aks ettiruvchi eng muhim va yirik inshootlardan biri sanaladi. Muzey Florensiyadagi saroyda joylashgan bo‘lib, u 1560-1581 yillarda qurilgan. Uffitsi tarixi 1559 yillarga borib taqaladi, Florensiya qiroli Kozimo I qasrda shaharning ko‘zga ko‘ringan ustalarini yiqqan. Kelasi yildan boshlab Jorjio Vazari ismli hunarmand ishga kirishgan. Biroq 1974 yilda Vazari vafot etadi, ishni uning jiyani Bernardo Buontalenti davom ettiradi. Yil o‘tib galereya bitkaziladi, unda oilaviy yig‘ilishlar o‘tkaziladi. Keyinchalik muzeyga aylantiriladi.

Britan muzeyi. Buyuk Britaniya (1753)

O‘z davrida bu tarixiy-arxeologik bino jahonning eng katta muzeyi hisoblangan. Avvaliga muzeyda faqat Qadimgi Rim va Qadimgi Yunonistonga oid tarixiy ashyolar joylashtirilishi ko‘zda tutilgandi. Lekin ular qatoriga turli san’at buyumlari va arxeologik topilmalar ham qo‘shiladi. Ular Londonga Britaniya imperiyasining turli kolonnalaridan olib kelingan, shu tariqa muzey noyob surat, medal, kitob, tanga kabi buyumlarga to‘lib borgan.

Ermitaj. Rossiya (1764)

Rossiyaning yirik madaniy-tarixiy obyekti bo‘lmish ushbu muzeyda san’at namunalari talaygina. Muzey beshta binodan iborat bo‘lib, bir-biriga eshiklar orqali ulanib ketgan. Ermitajni yaratish g‘oyasi Yekaterina II tomonidan taklif qilingan. Imperator xonim savdogardan Gorsovskiy kolleksiyasini sotib olgach, ushbu 220 ta kartinani joylashtirish uchun muzey tashkil qilgan. Bir muddat bino Kichik Ermitaj nomi bilan atalgan. Hozir esa Rossiyaning eng ko‘zga ko‘ringan maskanlaridan biri.

Vatikan muzeyi. Vatikan (1769)

Ayni vaqtda muzey Papa saroyi va shaharning qimmatli kolleksiyalarini o‘zida jamlangan yirik inshoot sanaladi. Vatikan muzeyini noyob buyumlari 1769 yildan boshlab yig‘ila boshlangan. U yerda 50 mingga yaqin eksponatlar, shuningdek 1400 ta zal mavjud. Ushbu kichik mamlakat aynan shu muzey tufayli har yili minglab sayyohlarga to‘ladi.

Luvr. Fransiya (1793)

Bu muzey nomini eshitmagan odam kam topiladi. Luvr – qadimiy va boy, shuningdek qiziqarli tarixiy kolleksiyalarni o‘zida jamlagan, nozik did sohiblarini san’at asarlari bilan bag‘riga chorlovchi g‘aroyib binodir. Uni qurish ishlari ming yillar davom etgan, Parijning dovrug‘ini oshirishda katta xizmati bor. Aytish lozimki, u aholi uchun 1793 yildan boshlab eshiklarini ochgan. 2018 yilda muzeyga 10 mln sayohatchi tashrif buyurgan va bu rekord natija hisoblanadi.

Nodirabegim tarjimasi

5 Izohlar

Ahmad

06:04 / 22.04.2024

Большой спасибо

Fayoz

07:10 / 30.10.2023

Rahmat kattakon

Diyorbek

08:10 / 26.10.2023

Yana Temuriylar haqidagi muzey yoʻqmi

Shaxsenem

10:10 / 17.10.2023

Juda katta raxmat sizlarga

Asadbek

10:10 / 13.10.2023

Bizlarning asosiy yodgarlik larmiz tashib ugʻrlab.ketilgan bizlar kup narsalarimiz sohta

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Ma’naviyat

12:07 / 19.07.2024 0 510
O‘zidan yiroqlashayotgan millat og‘rig‘i

Jarayon

13:07 / 18.07.2024 0 810
Tuxumni sindirish g‘ujuri (Fotohikoya)





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 20004
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 17667
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//