Oʻzbek shoirasi Hosiyat Rustamova Britaniyaning “Hertfordshire Press Awards” mukofoti bilan taqdirlandi

Saqlash
12:11 / 21.11.2022 934 0

Taniqli oʻzbek shoirasi Hosiyat Rustamovaning “Rangin koʻzyoshlar” nomli sheʼriy toʻplami Londonda oʻtkazilgan “Hertfordshire Press Awards” tanlovi gʻolibi boʻldi.

 

Hosiyat Rustamova 18-noyabr kuni Londonda boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida “Tanqidchilar tanlovi” nominatsiyasi gʻolibi deb eʼlon qilindi.

 

Qayd etish kerak, tanlovda Oʻzbekistondan tashqari, Qozogʻiston, Ozarboyjon, Tojikiston, Bolgariya, Isroil kabi davlatlar yozuvchi va shoirlarining asarlari baholandi.

 

Maʼlumot uchun, “Hertfordshire Press Awards” taqdirlash marosimi Yevrosiyo mintaqasi ijodiy va madaniy doiralari vakillarini birlashtirishga qaratilgan “Yevrosiyo ijodiy gildiyasi” tomonidan har yili tashkil etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish