Bugundan uy-joy olish uchun subsidiyaga ariza topshirish boshlandi

Saqlash
10:05 / 15.05.2024 1037 0

Oldinroq Prezident farmoniga muvofiq, subsidiyalar ajratish yuzasidan arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2024-yilning 15-mayidan 1-noyabriga qadar qabul qilinishi haqida xabar berilgan edi.

 

Endi Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻylab uy-joy sotib olishga ipoteka krediti uchun davlat subsidiyasi berila boshlanadi.

 

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabariga koʻra, ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish xizmati qayta ishga tushirildi.

 

Bugundan fuqarolar uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish maqsadida subsidiya ajratishga doir xizmatlar uchun my.gov.uz portali orqali ariza yuborishi mumkin.

 

Subsidiya olish uchun qanday murojaat qilinadi?

 

◻️ my.gov.uz portaliga kiriladi;

◻️ “Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish” xizmatini tanlanadi;

◻️ Arizani toʻldiriladi.
 

Xizmatda nosozlik kuzatilganda bogʻlanish uchun raqamlar:

▪️ 1242;

▪️ 1148;

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//