Poytaxt maktablarining birida maktab qorovuli va fuqaro mushtlashib ketdi

Saqlash
11:05 / 15.05.2024 765 0

Mazkur holat yuzasidan Milliy gvardiyaning Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Maʼlum boʻlishicha, voqea Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 50-sonli umumtaʼlim maktabi hududida sodir boʻlgan.

 

Mushtlashuv maktab oshxonasida ishlovchi fuqaro N.A. va maktab qorovuli oʻrtasida yuz bergan.

 

Fuqaro N.A. shaxsiy avtotransport vositasi bilan ruxsatsiz, oʻzboshimchalik bilan maktab hududiga kirgan. Ushbu holatni koʻrgan maktab qorovuli N.A. ni maktab hududiga avtomashina bilan kirish mumkin emasligi toʻgʻrisida ogohlantirib, mashinani olib chiqishini talab qilgan.

 

Fuqaro N.A. esa qorovulning qonuniy talablariga boʻysunmasdan, uni haqorat qilgan va unga faol qarshilik koʻrsatgan.

 

Shundan soʻng, maktab qorovuli fuqaro N.A. ga nisbatan kuch ishlatishga majbur boʻlgan.

 

Hozirda holat yuzasidan Ichki ishlar organlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//