Kanada oʻrmonlarida yongʻin sodir boʻldi. Minglab aholi oʻz uyini tark etishga majbur boʻlgan

Saqlash
11:05 / 15.05.2024 757 0

Kanadaning Alberta provinsiyasi, Wood Buffalo munitsipalitetida yirik oʻrmon yongʻini sodir boʻldi. Bu haqda CBC telekanali xabar berdi.

 

Maʼlum boʻlishicha, evakuatsiya hududidagi 6 ming aholining barchasiga hududni tark etish buyrugʻi topshirilgan. Dastlabki xabarlarga koʻra, yongʻin hududning 11 ming gektar qismini qamrab olgan. Keyinchalik 21 ming gektarga yaqin hudud zarar koʻrgani maʼlum boʻldi. Koʻplab odamlar evakuatsiya qilish punktlariga ham mustaqil yetib borolmagan.

 

Munitsipalitetda favqulodda holat eʼlon qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//