Andijonda “zamdirektor” oʻquvchi qizlarga tegajogʻlik qalayotgani aytilmoqda

Saqlash
14:05 / 15.05.2024 909 0

Holat boʻyicha Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.

 

Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 7-may kuni Andijon viloyatida joylashgan 1-sonli umumtaʼlim maktabiga 1957-yilda tugʻilgan U.M. (ayol kishi) kelib, muassasa maʼmuriyati va inspektor-psixologga murojaat qilgan.

 

Ayol oʻz murojaatida uning nabirasi N.S. (6-sinf oʻquvchisi, 2012-yilda tugʻilgan) ga nisbatan mazkur maktab direktor oʻrinbosari M.K. (1990-yilda tugʻilgan) tegajogʻlik qilganligini aytib, bunday holat avval ham kuzatilganligini bildirgan.

 

“Hozirda holat boʻyicha Andijon shahar IIO tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda”, deyiladi ombudsman xabarida.

 

Undan oldin Andijon viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi ham holat boʻyicha rasmiy munosabat bildirgan edi.

 

Mazkur munosabatga koʻra, vaziyatni boshqarma oʻz nazoratiga olgan va oʻrganish ishlari boshlangan.

 

Unda aytilishicha, holatning asoslantiruvchi maʼlumotlari toʻla jamlangan va huquq-tartibot idoralari xulosalaridan soʻng yakuniy oʻrganish natijalari eʼlon qilinadi.

 

“Shu oʻrinda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi taʼlim shaʼni va obroʻsiga hamda pedagog imijiga salbiy taʼsir etuvchi har qanday holatlarga keskin munosabat bildirgan holda tegishliligi boʻyicha keskin jazo choralarini qoʻllashini maʼlum qilamiz”, deyiladi boshqarma xabarida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//