Surxondaryoda aholi turar joyiga ayiq kelib qoldi

Saqlash
16:05 / 15.05.2024 1085 0

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi holatga rasmiy munosabat bildirdi.

 

Unga koʻra, voqea bugun, 15-may kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi “Jannatmakon” MFY hududida sodir boʻlgan.

 

Tasodifan kelib qolgan ayiq aholi turar joylariga kirib, insonlar hayotiga xavf tugʻdirgan.

 

Masʼullar ayiqni zararsizlantirishga harakat qilgan, ammo yirtqich tajovuzkorlikni oshirib, IIB xodimlaridan biriga tashlangan va jarohat yetkazgan. Eng yomoni, 74-sonli maktabga kirib, oʻquvchilar hayotiga xavf solgan.

 

Holat kutilmaganda yuz bergani, ayiq juda tajovuzkor harakat qilgani va maktab oʻquvchilari hayotiga xavf tugʻdirganligi sababli tezkor chora koʻrish talab qilingan va yirtqich otib oʻldirilgan.

 

Ayiq jarohat yetkazgan IIB xodimi esa hozirda tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//