Notoʻgʻri kovlangan poydevor oqibatida qoʻshni uyning yarmi qulab tushdi

Saqlash
17:05 / 15.05.2024 1165 0

Holatga Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Maʼlum boʻlishicha, voqea kecha, 14-may kuni Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani “Samarqand” MFYda sodir boʻlgan.

 

Mahallaning “Samarqand” koʻchasida qurilish olib borilayotganda poydevor qismi notoʻgʻri kovlangani uchun qoʻshni uyganing tag qismiga zarar yetgan va binoning yarimi qulab tushgan.

 

Aniqlanishicha, poydevor qismi yangi noturar joy, yaʼni savdo majmuasi uchun kovlangan boʻlgan.

 

Voqea natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.

 

“Mazkur holatga doir qoʻshimcha maʼlumotlarni oʻrganishlardan soʻng maʼlum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//