Rossiya Prezidentini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

Saqlash
14:05 / 27.05.2024 1033 0

27-may kuni Koʻksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

 

Qarorgoh oldidagi maydonda ikki mamlakat davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif qildi.

 

Davlat madhiyalari yangradi.

 

 

Harbiy orkestr sadolari ostida yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladi.

 

 

 

Birgalikda suratga tushilgandan soʻng, davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boshlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//