Taʼtil paytida oʻquvchiga kim javobgar hisoblanadi?

Saqlash
15:05 / 27.05.2024 1174 0

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 27-iyun kungi 190-son bilan tasdiqlangan buyrugʻiga muvofiq, taʼlim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va taʼtil paytidagi oʻquvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi.

 

Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi.

 

Demak bunday holatlarda nafaqat sinf rahbariga, balki direktor oʻrinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qoʻllanilmaydi.

 

Maʼlumot uchun, “Oila kodeksi”ning 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga masʼul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishi uchun gʻamxoʻrlik qilishlari shart hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//