Xorazm dostonchilik maktabining atoqli namoyandalaridan biri vafot etdi

Saqlash
16:05 / 27.05.2024 987 0

Xorazm dostonchilik maktabining atoqli namoyandasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Otaxon Matyoqubov bugun, 27-may kuni olamdan oʻtdi.

 

Otaxon baxshi Matyoqubov 1930-yilda (baʼzi manbalarda 1932-yil) Turkmanistonning hozirgi Toshovuz viloyatining Ilonli tumanida tugʻilgan.

 

Otaxon Matyoqubov repertuaridan Goʻroʻgʻli turkum dostonlaridan “Goʻroʻglining tugʻilishi”, “Xirmandali”, “Boziryon”, “Avazxon”, Avazning uylanishi”, “arab Rayhon”, “Chambil Qamali”, “Shahidlar maskani”, “Oshiq Mahmud va Nigorxon”, “Oshiq Gʻarib va Shohsanam”, “Toxir va Zuhra” dostonlari bilan birga Xorazm va Toshkent klassik ashulalari, xalq yalla qoʻshiqlari joy olgan.

 

Otaxon baxshi 1989-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan. 2022-yilda esa ustoz sanʼatkorga “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni topshirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//