Dunyo siyosatchilari eng koʻp ishlatadigan TOP-10 ta ibora

Saqlash
16:05 / 28.05.2024 1075 0

Dunyo siyosatchilari ishlatadigan iboralar bir-biriga juda oʻxshash. Shu sababdan bu iboralarni oldin ham qayerdadir eshitgandek boʻlasiz.

 

Quyida mazkur iboralar keltirilgan:

◻️ “Biz bu masala ustida ishlamoqdamiz”.

 

◻️ “Biz taraqqiyot va vaziyatni yaxshilashga intilamiz”.

 

◻️ “Biz ommabop boʻlmagan, ammo zarur qaror qabul qilishga majburmiz”.

 

◻️ “Biz fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini hurmat qilamiz”.

 

◻️ “Bizning ustuvor vazifamiz – xalq farovonligi”.

 

◻️ “Biz milliy birlik va hamjihatlikka chaqiramiz”.

 

◻️ “Korrupsiyaga qarshi kurash choralarini koʻryapmiz”.

 

◻️ “Bizning strategiyamiz barqaror rivojlanish va iqtisodiy oʻsishga asoslangan”.

 

◻️ “Biz tadbirkorlik va sarmoyaviy muhitni yaxshilashimiz kerak”.

 

◻️ “Biz maqsadimizga ishonch va nekbinlik bilan intilamiz”.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//