Oʻzini baxtsiz his qiladigan odamlar boshqalarga qaraganda tezroq qariydi

Saqlash
17:05 / 28.05.2024 961 0

The Guardian xalqaro tadqiqotchilar guruhining xulosalariga koʻra, baxtsiz odam chekuvchilarga qaraganda tezroq qariydi.

 

Olimlarning aniqlashicha, inson ruhiy tushkunlik va yolgʻizlik paytida boshdan kechiradigan salbiy his-tuygʻular uning qarish jarayonini tezlashtiradi. Yaʼni, normadagi birda odam ruhiy tushkunlikda yashasa 1,5 yilga qariydi. Bu yerda qarish jarayoni vaqtdan ham koʻproq insonning ichki kechinmalariga bogʻliqligi ayon boʻladi.

 

“Baxtsizlik yoki yolgʻizlik hissi kabi psixologik omillar biologik yoshga 1 yilda 1,5 yoshni qoʻshadi. Ruhiyat haqida qaygʻurish qarish surʼatini sekinlashtirishga yordam beradigan eng yaxshi yoʻldir”, – deyiladi tadqiqot xulosasida.

 

Shuningdek, olimlar chekuvchilar va chekmaydiganlarning qarish tezligini ham tahlil qilgan. Maʼlum boʻlishicha, chekadiganlar nisbatan tezroq qarir ekan. Biroq olimlar qarishga stressning taʼsiri koʻproq boʻlishini taxmin qiladi.

 

Bu hali shunchaki farazdir. Taxminni asoslash uchun esa uzoq muddatli chuqurlashtirilgan tadqiqot oʻtkazilishi lozim.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//